Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi.
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
2 daqiqa o‘qiladi Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi27-Iyul, 2025-yil 12:25 | 4 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0
Muloqotga ma’lum tayyorgarlik ko‘rilayotgani va masala yanada muvozanatli tarzda muhokama qilinayotgani ta’kidlandi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari prezidentlar Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha «prinsipial kelishuvga» erishdi. Bu haqda 25 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan NTV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Fidan so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning Turkiyada bo‘lib o‘tgan muzokaralarida kelishuvga erishilgan. U ehtimoliy uchrashuvning aniq muddatini aytmadi.
«Uchrashuvda yetakchilar qanday shartlarda uchrashishi kerakligi muhokama qilindi. Yetakchilar sammitini Turkiyada o‘tkazish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi. Bu yerda muzokara guruhlari muhim rol o‘ynaydi», dedi Turkiya TIV rahbari.
U muloqotga ma’lum tayyorgarlikni ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi va masala yanada muvozanatli tarzda muhokama qilinayotganini ta’kidladi.
«Ishonamanki, shu ruhda davom etsak, vaqtinchalik yechim paydo bo‘ladi. Hamma ham bu taklifni qabul qilishga tayyor emas. Biz buning uchun sharoit yaratish ustida ishlayapmiz», deb qo‘shimcha qildi Fidan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 24 iyul kuni bunday ssenariyni ehtimoldan yiroq deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit faqat tinchlik muzokaralari yakunida o‘tkazilishi mumkin.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 iyul kuni «rossiyaliklar hozir uchrashuv haqida gapira boshlaganini va allaqachon qandaydir uchrashuv formati tomon harakat bo‘layotganini» aytdi. Bunga javoban Peskov yana bir bor sammitni avgust oyida o‘tkazish istisno qilinganini ta’kidladi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, «oliy darajadagi uchrashuv kelishuvga yakuniy nuqta qo‘yishi kerak».
Hozircha izohlar mavjud emas.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:
Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish