Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi.
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
2 daqiqa o‘qiladi Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi27-Iyul, 2025-yil 12:37 | 4 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0
1977 yilgi Atari 2600 o‘yin pristavkasi dunyodagi eng kuchli neyrotarmoqlardan birini chekinishga majbur qildi.
Googleʼning yangi Gemini til modeli Atari 2600 o‘yin konsoli bilan shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi. Sun’iy intellekt ushbu tizim oldingi gigantlar — ChatGPT va Microsoft Copilot ustidan g‘alaba qozonganidan xabar topganidan keyin shunday qarorga kelgan.
Noodatiy turnir tashabbuskori muhandis Robert Karuzo bo‘lib, u ilg‘or sun’iy intellektlarni Atari Chess’ga qarshi bahsga chiqargan. OpenAI texnologiyalari asosida yaratilgan chatbot mag‘lubiyatga uchragach, Karuzo Google kompaniyasining multimodal modeli imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Suhbat avvalida Gemini bo‘lajak bahs borasida o‘ziga ishonch bildirgan. Model o‘z raqibi «katta til modeli bo‘lmagani uchun» g‘alaba qozonishi mumkinligini ma’lum qilgan. U millionlab yurishlarni hisoblash qobiliyatiga ega o‘z imkoniyatlarini yuqori baholagan. Bunga javoban Karuzo undan oldin mag‘lubiyatga uchragan sun’iy intellekt ham maqtangani va oqibatda yutqazib qo‘yganini eslatgan.
Bu ma’lumot esa Gemini’ning harakatlarini tubdan o‘zgartirib yuborgan. Neyrotarmoq o‘z imkoniyatlarini yuqori baholab yuborganini tan olgan va unga «Atari 2600 Video Chess o‘yin konsoliga qarshi turish juda qiyin bo‘lishini» bildirgan. Risklarni baholagan sun’iy intellekt «vaqt nuqtai nazaridan bahsni bekor qilish eng samarali va oqilona yechim» bo‘lishini ma’lum qilgan.
Shunday qilib, 1,19 megagers protsessor va 128 baytli tezkor xotiraga ega 1977 yilgi Atari 2600 o‘yin pristavkasi dunyodagi eng kuchli neyrotarmoqlardan birini chekinishga majbur qildi.
Hozircha izohlar mavjud emas.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:
Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish