Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi.
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
2 daqiqa o‘qiladi Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi27-Iyul, 2025-yil 12:29 | 3 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimidagi yangi yondashuvlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilda bu sohada xorijiy tajriba asosida yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yildi. Banklar mahallalarga bog‘lanib, aholi bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda. Xususan, birinchi yarim yillikda 3 milliondan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish borasida yaratilgan tizim hamda sarflanayotgan mablag‘lar o‘z samarasini berib, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi.
Aholi bandligini oshirishda kasbiy ta’lim sifati juda muhim. Bu borada ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish, malaka oshirishni yangi darajaga ko‘tarish hamda xususiy sektor ishtirokini ta’minlash talab etilmoqda. Kasbiy ta’limning mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelmasligi kadrlar tayyorlashda muayyan muammolarga sabab bo‘lmoqda.Mehnat munosabatlaridagi ayrim me’yorlar tadbirkorlik sub’yektlari, ayniqsa, kichik korxonalar uchun murakkablik tug‘dirmoqda. Ishga qabul qilishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Shuningdek, amaldagi talablar ish beruvchilarni haqiqiy vakansiyalarni ochiq e’lon qilishga rag‘batlantirmaydi. Oqibatda bu ma’lumotlarni yashirishga olib kelib, mehnat bozorini to‘g‘ri tahlil qilish hamda kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini aniqlash imkonini cheklamoqda.
Taqdimotda mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan yangi reja va tashabbuslar haqida ma’lumot berildiMehnat munosabatlaridagi ayrim me’yorlar tadbirkorlik sub’yektlari, ayniqsa, kichik korxonalar uchun murakkablik tug‘dirmoqda. Ishga qabul qilishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Shuningdek, amaldagi talablar ish beruvchilarni haqiqiy vakansiyalarni ochiq e’lon qilishga rag‘batlantirmaydi. Oqibatda bu ma’lumotlarni yashirishga olib kelib, mehnat bozorini to‘g‘ri tahlil qilish hamda kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini aniqlash imkonini cheklamoqda.
Taqdimotda mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan yangi reja va tashabbuslar haqida ma’lumot berildi
Hozircha izohlar mavjud emas.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:
Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish