«PSJ» yangi transfer rekordini o‘rnatmoqchi: nishonda — Palmer!

26-Iyul, 2025-yil 11:01 | 3 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0

«PSJ» yangi transfer rekordini o‘rnatmoqchi: nishonda — Palmer!

«Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer «PSJ»ning qiziqish doirasiga tushdi, deb xabar berdi Fichajes.

Nashr yozishicha, 23 yoshli ingliz futbolchisini qo‘lga kirish uchun «PSJ» rahbariyati €250 mln sarflab, yangi transfer rekordini o‘rnatishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytgacha qayd etilgan eng qimmat transferga ham «PSJ» qo‘l urgan: 2017-yilda Neymarni olib kelish uchun «Barselona»ga €222 mln to‘lagan.

E’tiborli tomoni, o‘z vaqtida Neymar, yaqinda esa Palmer katta sovrin yo‘lida parijliklarning yo‘liga g‘ov bo‘lgandi.

Koul Palmer 2023-yilda «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga 47 mln yevroga transfer qilingan va 2033-yil yoziga qadar shartnoma tuzgan. U «Chelsi»da jami 97 o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol va 29 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.


Bu kommentga 0 ta izoh qoldirilgan

Hozircha izohlar mavjud emas.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.

Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:

Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish
{