Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi.
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
2 daqiqa o‘qiladi Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi27-Iyul, 2025-yil 12:23 | 2 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0
Shundan so‘ng, kema sotiladi yoki utilizatsiya qilinadi. Rossiyaning «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchisi tez orada konservatsiya qilinadi, deb yozdi «Izvestiya».
Shundan so‘ng kema sotiladi yoki utilizatsiya qilinadi. Barcha muhim uskunalar va mexanizmlar olib tashlanadi - ulardan boshqa kemalarda foydalanish rejalashtirilmoqda. Korpus uzoq vaqt saqlashga tayyorlanadi, barcha suv olish qurilmalari esa payvandlab tashlanadi.
«Admiral Kuznetsov» 7 yildan beri ta’mirlanmoqda va endi ta’mirlash va modernizatsiya qilish to‘xtatiladi, ekspertlarning fikricha, ularni davom ettirishdan ma’no yo‘q. Aviatashuvchi 40 yoshdan oshdi va uni armiyada ushlab turish juda qimmatga tushadi.
Konservatsiyadan so‘ng kemada kichik ekipaj qoladi - taxminan 150-200 kishi. Ular kemaning holatini kuzatib boradi. Ilgari aviatashuvchida 2200 ga yaqin dengizchi xizmat qilgan.
Nashr suhbatlashgan harbiy ekspert kemani konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni to‘g‘ri deb hisobladi. Sarflangan va hali sarflanishi kerak bo‘lgan pullarni boshqa ishlarga ishlatgan ma’qul.
«Admiral Kuznetsov» hisobdan chiqarilgandan so‘ng Rossiya yagona aviatashuvchisidan ayriladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi aviatashuvchilarni qurishga shoshilmaslik kerak - buning uchun hozircha asosli sabablar yo‘q.
2025 yil holatiga ko‘ra, dunyoda atigi 10 ta davlat aviatashuvchi kemaga ega. Eng yirik flot AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi – 11 ta kema. Shuningdek, Xitoy armiyasida 3 ta, Buyuk Britaniya, Hindiston va Italiyada 2 tadan, Fransiya, Ispaniya, Tailand va Turkiyada 1 tadan aviatashuvchi kema bor.
Hozircha izohlar mavjud emas.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:
Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish