Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi.
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
2 daqiqa o‘qiladi Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi27-Iyul, 2025-yil 12:27 | 3 marta ko‘rilgan | Izohlar soni: 0
“Navoiy” chegara bojxona posti: yo‘lovchilar tana qismiga va yuklar orasiga yashirilgan 180 dona iPhone fosh etildi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik va Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini noqonuniy tarzda olib kirishga uringan 4 nafar shaxs to‘xtatib qolindi.
Tadbir davomida qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida ularning bel qismi va qo‘l yuklari orasiga jami 180 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilgani ma’lum bo‘ldi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 mlrd 80 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozircha izohlar mavjud emas.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun quyidagi tugmalardan foydalaning:
Ro'yxatdan o'tish Saytga kirish